Rasman: Noyob kadr Ortiqxo‘jayev hokimlikda faoliyatini davom ettiradi

Jamiyat

image

6-chaqiriq Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi davom etmoqda. 

Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida o‘tayotgan sessiyada Toshkent shahar hokimligiga Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘rsatilgan nomzod rasman tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyatini davom ettiradi. 

Bosh vazirga ko‘ra, Ortiqxo‘jayev talabchan, mehnatkash va tashabbuskor kadr. 

"Bu odam yaxshi-yaxshi tashabbuslar qilishda tinmaydi. Kuni kecha Prezidentimizga yana yangi tashabbus kiritdilar. Yangi tashabbus - "Fayzli Toshkent". Men o‘ylamanki, bu tashabbus Toshkentni naqadar obod va ko‘rkam shaharga aylantirish bo‘yicha barcha Toshkent shahar aholisini bir jamoa sifatida birgalikda mehnat qilishini nazarda tutadi", deydi Aripov. 

Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018 yilning 26 aprel kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ish boshlagan edi. 2019 yilning 21 dekabr kuni u poytaxt hokimi lavozimiga tasdiqlandi. 

Jahongir Ortiqxo‘jayev 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 

•    1996-2011 yillarda “Jahongir” MCHJ direktori;
•    2011-2017 yillarda “Artel Injiniring” MCHJ direktori;
•    2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida ob’ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi DUK rahbari lavozimlarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tashkent city Vazirlar Mahkamasi MChJ Ortiqxo'jaev Aripov

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing