Rasman: Neymar “Santos”ga qaytdi
Sport
−
01 fevral 2025 4070 1 daqiqa
Braziliyalik futbolchi Neymar uzoq yillik tanaffusdan keyin yana sobiq klubi “Santos”ga qaytdi. Klub rasman futbolchi transferini e’lon qildi.
Neymar va “Santos” o‘rtasidagi shartnoma 6 oyga tuzildi va futbolchi klubga erkin agent sifatida o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, Neymar “Santos” tarkibida 2009 yildan 2013 yilga qadar to‘p tepgan. U jamoa safida barcha musobaqalarda 103 ta o‘yinda maydonga tushib, 54 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 15 million yevroga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Neymar Saudiya vakili “Al-Hilol” safida qancha ishlab topgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart