Rasman. MMA Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi
Sport
−
05 Mart 2025 4813 1 daqiqa
MMA 2026 yilgi Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, MMA sport turi 2026 yilning 19 sentyabr – 4 oktyabr kunlari Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan XX yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan.
Mazkur sport turnir bo‘yicha musobaqalar ikki uslubda – zamonaviy va an’anaviy tarzda jami 6 ta vaznda o‘tkaziladi:
Erkaklar:
- Zamonaviy uslub: 60 kg va 71 kg
- An’anaviy uslub: 65 kg va 77 kg.
Ayollar:
- Zamonaviy uslub: 54 kg
- An’anaviy uslub: 60 kg.
An’anaviy uslubda sportchilar maxsus jilet va shortilarda, zamonaviy uslubda esa rashgvard va shortilarda bellashadi.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr