Rasman: Lukaku “Roma” futbolchisiga aylandi

Sport

image

Belgiya terma jamoasi va “Chelsi”ning 30 yoshli hujumchisi Romelu Lukaku ijara huquqi asosida “Roma” klubi safiga qo‘shildi. Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra, bugun, 31 avgust kuni “Roma” belgiyalik futbolchi Romelu Lukakuni 2024 yilning iyun oyiga qadar bir yillik ijara shartnomasi bilan transfer qilgan. Lukaku Rim klubi safida 90-raqamda maydonga tushadi. 

Ma’lumot uchun, Romelu Lukaku 2022/2023 yilgi mavsumni “Inter” safida ijarada o‘tkazdi va 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi hamda 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Chelsi” bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Lukakuning “Transfermarkt” portalidagi taxminiy narxi 40 million yevro etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bayer” klubining eronlik hujumchisi Serdar Azmun faoliyatini Italiyaning “Roma” klubida davom ettirishi haqida xabar berilgan edi. Rim klubi Azmunni 12 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Roma Inter Romelu Lukaku Bayer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing