Azmun “Roma”ga o‘tadi – manba

Sport

image

“Bayer” klubining eronlik hujumchisi Serdar Azmun faoliyatini Italiyaning “Roma” klubi davom ettiradi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Azmunga shaxsan “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino qo‘ng‘iroq qilgan. Jozening taklifidan so‘ng Azmun boshqa barcha takliflarni rad etgan.

Qayd etilishicha, Rim klubi Azmunni 12 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oladi. 

“Bayer” tarkibida Azmun 44 uchrashuvda 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining qiymati 12 million yevroni tashkil etadi. Hozirda u jarohatini davolatish bilan band.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o Serdar Azmun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing