Rasman: Kusherboyevning deputatlik vakolati tugatildi
Jamiyat
−
26 dekabr 2022
20499O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevning vakolati tugatildi. Markaziy saylov komissiyasining bugun, 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisida Markaziy saylov komissiyasi vakolatlariga taalluqli masalalar ko‘rib chiqildi.
Majlisda qayd etilishicha, 95-Chinoz saylov okrugida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal—demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan Rasul Kusherboyev o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish bo‘yicha yozma ariza bergan. U o‘z arizasida deputatlikdan ketish sababini ko‘rsatmagan.
Rasul Kusherboyevning vakolatini tugatish bo‘yicha qaror bir ovozdan ma’qullandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq deputat Rasul Kusherboyevning deputatlikdan ketayotgani, Doniyor G‘aniyevning esa uning ketishini qo‘llab-quvvatlamasligi haqida xabar qilgan edik.
Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining boshqa a’zolari, spiker Nurdinjon Ismoilov, Qo‘mita raislari, spiker o‘rinbosarlari, Kusherboyevga so‘z bermagan Inoyatov va O‘zLiDeP raisi Aktam Xaitov ham chuqur sukutda. Parlamentdan Kusherboyevning ketishiga va u qo‘ygan masalalarga nisbatan munosabat bo‘layotgani yo‘q.
LiveBarchasi