Rasman! Qurbon hayiti sanasi belgilandi

Jamiyat

image

Joriy yilning  9 iyul kuni Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, 2022 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.  

Prezident farmoniga muvofiq, 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. 

Shunga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda: 

● 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
● 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.


Maqola muallifi

Teglar

Qurbon hayiti

Baholaganlar

733

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing