Rasman: Qurbon hayiti 20 iyul kuni nishonlanadi
Jamiyat
−
13 iyul 2021 12535 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 20 iyul – seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatda 2021 yil 20 iyul kuni Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF–6122-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF–6222-son Farmoni bilan 2021 yil 21–22 iyul kunlari ham dam olish kunlari sifatida belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayiti namozi masjidlarda karantin qoidalariga rioya qilgan holda, bino tashqarisida o‘qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025