O‘zbekiston aholisi Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun dam oladi?
Jamiyat
−
13 iyul 2021
15850O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra Qurbon hayiti munosabati bilan haftasiga 5 kun ishlaydiganlar ham 6 kun ishlaydiganlar ham 3 kun dam oladi.
Bunda joriy yilning:
• 20 – iyul (seshanba);
• 21 – iyul (chorshanba);
• 22 – iyul (payshanba) kunlari dam olish kuni deb belgilanadi.
Haftada 5 kun ishlovchilar uchun joriy yilning 17 iyul (shanba) va 24 iyul (shanba) ish kunlari hisoblanadi.
Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi mazkur qisqartirish hisobga olingan holda, 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi belgilangan.
Ma’lumot uchun, Mehnat kodeksiga asosan ish haqi to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanadi.
Shu bilan birga, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi
LiveBarchasi