Rasman: Qozog‘iston oktyabr oyi oxirigacha Rossiya gazini O‘zbekistonga tashishni boshlaydi

Olam

image

Qozog‘iston 2023 yil oktyabr oyidan boshlab Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev brifingda ma’lum qildi. 

"Ayni paytda Qozog‘iston hududida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda. Ular qurilish ishlari, gazni hisobga olish uchun alohida chiziq ajratish bilan bog‘liq. O‘ylaymanki, yaqin kunlarda ushbu ishlar yakuniga yetgach, biz tranzit boshlanganini e’lon qilishimiz mumkin", deydi u. 

2023 yil 16 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida “Gazprom” O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Gaz eksportining rejalashtirilgan boshlanish sanasi 2023 yilning to‘rtinchi choragi edi. Gazprom o‘sha paytda etkazib berish hajmiga aniqlik kiritmagan. O‘sha kuni “Gazprom” “QazaqGaz” bilan gazni Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tashish bo‘yicha shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Rossiya kompaniyasi ham, Qozog‘iston Energetika vazirligi ham yana kelishuv shartlarini oshkor qilmadi. 

Noyabr oyida Vladimir Putin va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston bilan “uchlik gaz ittifoqi”ni yaratish masalasini muhokama qildi. Qozog‘iston Prezidenti bu masala qo‘shimcha kelishuvlar va hatto muzokaralar talab qilinishini aytdi. Keyin “Reuters” agentligi O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari va Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudovga tayanib, Rossiya bilan gaz shartnomasi tuzilgan bo‘lsa ham, bu ittifoq degani emas,  deb yozdi. Keyinroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov gaz ittifoqi haqidagi muhokamalarda hech kim siyosiy shartlar evaziga gaz haqida gapirmayotganini aytib chiqdi. 

Hozirda Rossiya Qozog‘istondan neftni Kaspiy quvurlari konsorsiumi infratuzilmasi orqali tranzit qilmoqda. 2022 yil iyul oyida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev neftni Rossiyani chetlab o‘tib, shu jumladan dengiz orqali yetkazib berishning yangi yo‘llarini o‘rnatishni buyurgan edi. To‘qayev Xitoy, Qozog‘iston, Kaspiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya va Yevropa davlatlari orqali Rossiya hududiga kirmasdan o‘tadigan Transkaspiy yo‘nalishini ustuvor yo‘nalish deb atadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Gazprom gaz ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing