Rasman: Qashqadaryoda jamoat transporti qatnoviga cheklov qo‘yilmaydi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatida koronavirus tarqalishi ortidan profilaktika choralari kuchaytirilgani sababli jamoat transportlarining harakati vaqtincha to‘xtatilishi haqida xabar bergan edik.

Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati mazkur masalaga oydinlik kiritdi.

“Viloyatdagi jamoat transportlariga cheklov keyinchalik bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ayni damda barcha turdagi jamoat transportlari harakatlanishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, transport vositalari doimiy dezinfeksiya qilib boriladi.

O‘z navbatida, fuqarolardan jamoat transportidan zarurat bo‘lmaganda ko‘p foydalanmaslik, transport xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlardan yo‘l kira narxini asossiz oshirib yubormaslik so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

102

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing