Rasman: Italiya klubi Eldor Shomurodovning transferini e’lon qildi

Sport

image

Bugun, 27 iyul kuni Italiyaning “Kalyari“ klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi

Qayd etilishicha, “Kalyari“ o‘zbekistonlik 29 yoshli hujumchini 9 million yevro evaziga, keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi. 

Ma’lumot uchun, “Kalyari“ klubi italiyalik taniqli mutaxassis Klaudio Raneri jamoaga kelguniga qadar B Seriyada 14-o‘rinda borayotgan edi. 71 yoshli murabbiy Sardiniya oroli jamoasini yarim yil ichida peshqadamlar qatoriga ko‘tarib, mavsum yakunida pley-off orqali A Seriyaga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kalyari“ Rim klubiga Shomurodovning bir yillik ijarasi uchun 1 million yevro to‘lashi va 2024 yilning yozida uni 9 million yevroga sotib olish huquqiga ega bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. Mazkur shartnoma “1+3“ ko‘rinishida imzolanadi. Endilikda faoliyatini ijara asosida davom ettiradigan o‘zbekistonlikning yarim maoshini “Kalyari“ to‘lasa, qolgan 50 foizini “Roma“ to‘lab boradi.


Maqola muallifi

Teglar

transfer Eldor Shomurodov Kal'yari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing