Rasman: Iqtisodchi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublkasi Prezidenti Farmoni bilan Behzod Musayev Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi.

Behzod Musayev 2020 yil 14 maydan beri Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.  

Behzod Musayev 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U 2010-2011 yillarda Soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, uning 2011 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan faoliyati haqida ma’lumot yo‘q. U 2018 yilning mart oyida Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga, o‘sha yili dekabr oyida esa Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.

Bugungacha Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida faoliyat yuritgan Abduhakim Xojiboyev nega iste’foga chiqarilgani haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xojiboyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Behzod Musaev

Baholaganlar

392

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing