Rasman: IBF Shohjahon Ergashevning jangiga buyruq berdi

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning IBF chempionlik kamari uchun jangiga rasman buyruq berildi. Bu haqda tashkilotning bayonotiga tayangan holda, sportchining promouteri Dmitriy Salita QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Super yengil vazn toifasida IBF kamari sohibi puyerto-rikolik Sabriyel Matias majburiy himoya jangini 2023 yil 25 avgustda yoki undan oldin o‘tkazishi kerak.

Mazkur yo‘nalishda kamar uchun asosiy da’vogar esa aynan o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev hisoblanadi.

“Shu yilning 25 fevralida IBF kamarini qo‘lga kiritgan Sabriyel Matias majburiy himoyasini 25 avgust yoki undan oldin o‘tkazishi kerak. Hozirda unga qarshi asosiy da’vogar 3-raqamli Shohjahon Ergashev”, deyiladi IBF bayonotida.

Unga ko‘ra, muzokaralar darhol boshlanib, 26 iyulgacha yakunlanishi shart. Bokschilarning vakillari bir oy ichida jang uchun kelishuvga erisha olmasa bu mas’uliyat IBF'ning o‘ziga yuklatiladi. 

Ma’lumot uchun, Matias profboksda 20 ta jang o‘tkazib, 19 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Da’vogar Shohjahon Ergashev esa faoliyati davomida 23 ta jangda ishtirok etib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. U janglarining 20 tasida nokaut, 3 tasida hakamlar qarori bilan g‘alabaga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev IBF Sabriel' Matias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing