Rasman! G‘ofurjon Mirzayev Mahallalar uyushmasi raisi bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 7 sentyabr kuni G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolandi.

Qayd etilishicha, yangi lavozimga o‘tishi munosabati bilan G‘ofurjon Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, avvalroq Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Ma’lumot uchun, G‘ofurjon Mirzayev 1964 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1990 yil Toshkent politexnika instituti (kunduzgi), 2000 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi), 2003 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

G‘ofurjon Mirzayev 2016 yildan 2022 yil noyabrgacha Sirdaryo viloyati hokimi vazifasida faoliyat yuritgan. O‘sha yildan buyon Prezident maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qahramon Quronboyev O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing