G‘ofurjon Mirzayev Qahramon Quronboyev o‘rnini egalladi – manba

Jamiyat

image

G‘ofurjon Mirzayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi va Mahallalar uyushmasi raisligiga tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, G‘ofurjon Mirzayev 1964 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1990 yil Toshkent politexnika instituti (kunduzgi), 2000 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi), 2003 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

G‘ofurjon Mirzayev 2016 yildan 2022 yil noyabrgacha Sirdaryo viloyati hokimi vazifasida faoliyat yuritgan. O‘sha yildan buyon Prezident maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qahramon Quronboyev O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing