Rasman: ertadan juma namozi masjidlarda o‘qiladi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2020
5053O‘zbekistonda 4 sentyabr, juma kunidan boshlab barcha diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat berildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.
4 sentyabrdan mamlakatdagi barcha din vakillariga tegishli ibodat maskanlarida: masjidlar, cherkovlar, sinagogalar jamoviy ibodatlarga ruxsat berildi.
“Ushbu qarorga muvofiq, yurtimizdagi masjidlarda juma namozi, ertaga, 4 sentyabr kuni ado etiladi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Shuningdek, cherkov va sinagogalarda bajariladigan shanba va yakshanba kunidagi ommaviy ibodat marosimlari ham davom ettiriladi.
Avvalroq, O‘zbekistonda 5 sentyabrdan boshlab diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat berilgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi