Rasman: Abdusalom Azizov O‘FA prezidenti bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Abdumavlonovich Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari etib saylandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.

Abdusalom Abdumavlonovich Azizov 1960 yilning 20 yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

2017 yil yanvardan sentyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, 2017 yil sentyabrdan 2019 yil 11 fevralgacha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Hozirda DXX raisi hisoblanadi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning O‘FA prezidentligidan ketishi haqida ma’lum qilgan edik.

Ma’lumot uchun, Ochilboy Ramatov bu lavozimga 2018 yilning 25 yanvarida saylangan edi. O‘shanda Ramatov O‘FA rahbarligini Umid Ahmadjonovdan qabul qilib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusalom Azizov O'FA

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing