Rasman: 16 martdan O‘zbekistondagi futbol uchrashuvlari bekor qilinadi

Sport

image

Dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgan COVID-19 virusi O‘zbekistonga kirib kelgani rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonda barcha ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joriy yilning 16 mart kunidan bekor qilindi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Superliga bahslari rasman to‘xtatildi. Bu haqda O‘zPFL Bosh direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev o‘zining Telegram'dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirga qadar 162 654 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 6069 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 76 219 kishi kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Futbol Superliga Koronavirus

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing