Rashk tufayli er xotinini “sixga tortdi”

Olam

image

Boshqirdiston fuqarosi rashk tufayli mast holda janjal vaqtida rafiqasiga six bilan hujum qildi. Bu haqda Karmaskalinskiy tumanlararo sudi ma’lum qildi.

Sud materiallariga ko‘ra, erkak mast holatda rafiqasi bilan janjallashib qolgan. Rashk sabab u kabob pishirish uchun ishlatiladigan sixni olib, ayolning ko‘krak qismiga zarba bergan. Hujumdan so‘ng u voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchiga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilgani bois uning hayoti saqlab qolingan.

Sud jarayonida sudlanuvchi aybini to‘liq tan olmagan va faqat rafiqasini “qo‘rqitmoqchi bo‘lganini” bildirgan. Karmaskalinskiy tumanlararo sudi uning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo muddatini ham inobatga olib, 7,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tash hukmini chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining hovlisida mast erkak xotinini kaltaklab, pichoqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Sud rashk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing