Rashid Qodirov barcha unvonlaridan mahrum etildi

Jamiyat

image

Avvalroq xabar berganimizdek, Toshkent shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respulikasining  2000-2015 yillardagi Bosh prokurori Rashid Qodirovga 10 yil qamoq jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, sud og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan Rashid Qodirovni (JKning 52-moddasi) maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qilish haqida taqdimnoma kiritishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, qariyb olti oy davom etgan, O‘zbekiston Respublikasi JPK (jinoyat-protsessual kodeks) ning 19-moddasi, shuningdek “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, yopiq tarzda o‘tkazilgan sud tergovi jarayonida barcha Rashid Qodirov va uning sheriklarining ko‘rsatmalari birma-bir atroflicha tekshirildi, ikki yuzga yaqin guvohlarning ko‘rsatuvlari tinglanib, ish bo‘yicha o‘tkazilgan ekspertiza va xizmat tekshiruvlari xulosalari, shuningdek jinoyat ishida to‘plangan dalillar, ularning qonuniyligi va asosliligi nuqtai nazaridan taftish qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Bosh prokuror Rashid Qodirov

Baholaganlar

156

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing