Rangnik MYUga qaytishi mumkin

Sport

image

Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”ga qaytishi mumkin. Bu haqda “SimplyUtd” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis “qizil iblislar” safida sport direktori lavozimini egallashi mumkin. Bu lavozim Den Ashvort iste’foga chiqqanidan keyin bo‘sh qoldi.

Rangnik 2021 yilning dekabrida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi lavozimini egallagan va shartnomaga ko‘ra, mavsum oxirida klub maslahatchisi bo‘lgan. 2022 yilning bahorida u Avstriya terma jamoasini boshqarishi ma’lum bo‘ldi. Terma jamoaning talabi tufayli Rangnik terma jamoadagi faoliyatini “Manchester Yunayted”dagi maslahatlashuv bilan birlashtira olmadi.

Ma’lumot uchun, 66 yoshli mutaxassis qo‘l ostida MYU 29 ta o‘yin o‘tkazgan. Faoliyati davomida Rangnik “Lokomotiv”, “RB Leypsig”, “Nyu-York Red Bullz”, “Zalsbsurg” va boshqa bir qator klublarda ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Avstriya Ral'f Rangnik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing