Range Rover yangi avlod yo‘ltanlamas kkrossoverini namoyish qildi
Texnologiya
−
01 noyabr 2021
11203Dunyoning bir nechta shaharlarida Range Rover’ning yangi avlodi namoyishi bo‘lib o‘tdi. O‘zidan oldingi model bilan uslubiy jihatdan o‘xshashliklariga qaramay, ushbu yo‘ltanlamasda eng ilg‘or texnologiyalardan foydalanilgan.
Range Rover korpusining 80 foizi alyuminiydan iborat, ammo biroz qattiqroq. Shuningdek, u atigi 0,3 qarshilik koeffitsiyenti sinfda yetakchi aerodinamikaga ega. Bu natijaga Velar va Evoque uslubidagi yanada soddalashtirilgan tashqi ko‘rinish, tekis taglik va ko‘rinuvchan eshik tutqichlari tufayli erishilgan.
Yangi Range Rover oldingi avlodga nisbatan tashqi shovqindan 24 foiz ko‘proq izolyatsiya qilingan. G‘ildirak arkalaridagi mikrofonlar va faol shovqinni bekor qilish tizimi ham akustik qulaylik uchun xizmat qiladi. Ular g‘ildiraklarning aylanishi orqali shovqinni aniqlaydi va salondagi audiotizimga ma’lumot yuboradi.
Beshinchi avlod avtomobili yanada ilg‘or pnevmatik elementlar bilan boyitilgan. Bundan tashqari old balonlarning burilishi mukammallashtirilgan, orqa balonlar esa uni osonlashtirishga imkon beradi.
Asosiy o‘zgarishlar dvigatellar qatorida kuzatiladi. 530 ot kuchiga ega bo‘lgan ikkita turbo quvvatli dvigatellar 4,4 litr hajmga ega. Tez orada Range Rover avtomobillari qayta zaryadlanuvchi, plaginli gibrid versiyasiga ega bo‘ladi. To‘liq elektron krosover esa 2024 yilda premera qilinadi. Joriy yil namoyish qilingan avtomobillar narxi tahminan 210,000 AQSH dollari atrofida belgilangan.
LiveBarchasi