Katta tezlikda harakatlangan Range Rover YTH sodir etdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
10 Oktabr
8701Bugun, 10 oktyabr kuni Samarqand viloyatida rul boshqaruvini yo‘qotgan Range Rover avtomobili Lacetti Optra rusumli mashinaga urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat soat 01:00 larda Samarqand shahar “Zulfiya” mahallasi hududidan o‘tuvchi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi Range Rover rusumli avtomobilini Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab yuqori tezlikda boshqarib kelib, e’tiborsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Lacetti Optra rusumli avtomobilini orqa tomonidan urib yuborib, to‘xtay olmasdan shu yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas rusumli avtomobilga kelib urilib, YTH sodir etgan.
Oqibatda Lacetti Optra rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Labo va Mersedes-Benz to‘qnashib ketishi oqibatida 2 kishi vafot etgandi.
LiveBarchasi
06 noyabr