Ramzan Qodirovning o‘g‘liga Checheniston qahramoni unvoni berildi

Olam

image

Bundan bir hafta muqaddam Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov Qur’onni yoqib yuborgani uchun Nikita Juravelni kaltaklagan edi. Oradan bir muncha vaqt o‘tib, Adamga Checheniston qahramoni unvoni berildi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi deputatati Adam Delimxonov ma’lum qilgan.

“[Adam Qodirov] o‘ta qobiliyatli, har tomonlama bilimli va maqsadli yigitning yorqin namunasidir. U yoshligidanoq yetakchilik va tashkilotchilik fazilatlarini namoyon etgan, doimo shaxsiy rivojlanshiga intilgan va vaqtni behuda o‘tkazmagan”, deb yozadi u.

Joriy yilning 25 sentyabr kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 15 yoshli o‘g‘li Adamning Qur’onni yoqish ishiga aloqador 19 yoshli Nikita Juravelni kaltaklagani aks etgan videoni o‘z Telegram-kanalida e’lon qilgan edi. U videoga yozgan izohida o‘g‘lining bu ishidan faxrlanishini bildirgan.

Shundan so‘ng, Juravel Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) Tatyana Moskalkovaga mazkur holat yuzasidan murojaat yo‘llagan edi. Ammo Grozniy shahar politsiyasi mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish ochishdan bosh tortgan, bunga Qodirovning o‘g‘li 15 yoshda ekanligi va jinoiy javobgarlik yoshiga yetmaganini sabab qilib ko‘rsatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston Adam Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made