Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizi Checheniston bosh vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
Olam
−
03 Oktabr 2023
6643Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 25 yoshli qizi Oyshatni respublika bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinladi. Bu haqda “gazeta.ru” xabar berdi.
Unga ko‘ra, Oyshat Qodirova hukumatda ijtimoiy blok uchun ham mas’ul bo‘ladi.
“Checheniston Respublikasi hukumati bilan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Bosh vazir Muslim Xuchiyev Oyshat Qodirovani Checheniston hukumati raisining ijtimoiy blok bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlashni taklif qildi”, deb yozgan Qodirov ijtimoiy tarmoqda.
Aytilishicha, Checheniston Respublikasi bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Muso Dadayev Madaniyat vazirligini boshqaradi. Uning o‘rnini esa Qodirovning qizi egallaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Oyshat Qodirova avvalroq Checheniston Madaniyat vaziri bo‘lgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uni II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 26 yoshli jiyani Hamzat Qodirovni o‘ziga kuch bloki bo‘yicha maslahatchi-yordamchi etib tayinlagandi.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi