Ramzan Qodirov voyaga yetmagan o‘g‘liga lavozim berdi
Olam
−
16 Sentabr 2022
19700Checheniston rahbari Ramazon Qodirovning o‘g‘li Ahmad 16 yoshida respublikadagi barcha bolalar va yoshlar tashkilotlarini boshqaradi. Bu haqda “Grozniy” Checheniston teleradiokompaniyasi xabar bermoqda.
“Rossiya Ta’lim vazirligiga Rossiya Prezidenti maslahatchisi Abubakar Edelgiriyev, Checheniston hukumati Bosh vaziri o‘rinbosari Abdulkerim Edilov va respublika birinchi prezidentining nabirasi Ahmad Qodirovdan iborat delegatsiya yetib keldi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yoshlar harakatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirishdir”, deyiladi xabarda.
Uchrashuvda Rossiya Ta’lim vaziri Sergey Kravsov Rossiya bolalar va yoshlar harakatining mintaqaviy raisi lavozimiga kichik Qodirov nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
“Chechenistonda respublika rahbari ta’lim va tarbiya tizimiga e’tibor qaratayotgani juda muhim. Maktablar qurilishida yaxshi natijalar, uchinchi smenani bartaraf etishda vatanparvarlik tarbiyasi borasida ko‘plab ishlanmalar bor. Biz Ahmad Ramzanovich nomzodini qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi u va Qodirovning o‘g‘liga har tomonlama yordam berishga va’da berdi.
2020 yil sentyabr oyida Checheniston rahbarining qizi Ayshat Qodirova respublika madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagandi. Oradan bir yil o‘tib vazirlikka rahbar bo‘ldi.
2020 yil dekabr oyida Qodirovning yana bir qizi, 20 yoshli Xadichat ishga joylashdi. U Grozniy shahridagi maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. Viloyat rahbarining uchinchi qizi Xutmat Qodirova 2020 yil fevralida respublika rahbari kotibiyati rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. U reabilitatsiya markazlari ishini nazorat qiladi.
LiveBarchasi