Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita ot sovg‘a qildi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga ikkita ot sovg‘a qildi.

“Kamtarin va mehmondo‘st inson, shu bilan birga, dono va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi – Shavkat Miromonovichni shunday tavsiflash mumkin. U o‘z vataniga chin dildan mehr qo‘ygan, rahbarlik qilgan yillar davomida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan”, deb yozgan Qodirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ramzan Qodirov O‘zbekiston Prezidenti bilan shaxsan tanishuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat samaradorligiga ishonch hosil qilganini ta’kidlagan.

“Butun kasbiy faoliyati fuqarolar manfaati yo‘lida fidokorona xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan Shavkat Miromonovich bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘lganman. O‘zbekistonga tashrifim davomida bo‘lib o‘tgan mazmunli uchrashuvimizni iliq eslayman. Bu yerlar gullab-yashnab, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yildan-yilga mustahkamlanib borayotgani uchun uning siyosati to‘g‘riligiga shaxsan men amaliy safarim davomida amin bo‘ldim”, degan Checheniston rahbari.

Respublika rahbari Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, O‘zbekistonga tinchlik, barqarorlik va ravnaq tilagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

463

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing