Ramzan Qodirov Nobel bilan mukofotlandi (video)
Olam
−
10 avgust 2024 29794 1 daqiqa
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyaning Lyudvig Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Qodirov “maxsus harbiy operatsiya”ni o‘tkazishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, askarlarni qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, fuqarolik pozitsiyasi, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, an’anaviy qadriyatlarni himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlari uchun taqdirlangan”, deyiladi xabarda.
Mukofotni Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti, Lyudvig Nobel mukofoti laureati Irina Viner topshirgan.
“Men ko‘plab odamlarga medallar taqdim etganman. Lekin buyuk Nobeldan buyuk Ramzanga bunday medalni topshirish – katta sharaf” degan Irina Viner.
Lyudvig Nobel jamg‘armasi rahbari Anna Yakovleva ham medalni shaxsan topshirish ular uchun sharaf ekanini ta’kidlagan. Checheniston rahbari, o‘z navbatida, delegatsiya a’zolariga tashrif uchun minnatdorlik bildirgan.

Ma’lumot uchun, Lyudvig Nobel mukofoti taniqli rus olimi, sanoatchi va filantrop Lyudvig Emmanuilovich Nobel sharafiga 1888 yilda ta’sis etilgan, 2005 yildan qayta yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mukofot zamonaning taniqli shaxslariga ajoyib professional yutuqlari va insoniyat oldidagi buyuk xizmatlari uchun beriladi. 2022 yilning mart oyida bu mukofotga Salim Abduvaliyev – “Salimboyvachcha” munosib ko‘rilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025