Ramzan Qodirov kuyoviga “Checheniston qahramoni” unvonini berdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hukumat bosh vaziri o‘rinbosari lavozimini egallab turgan kuyovi Visxan Matsuyev va yana bir qancha rasmiylarga “Checheniston qahramoni” unvonini berdi. Bu haqda uning o‘zi Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

U mukofotlarni respublika rahbariyatining kengaytirilgan yig‘ilishida topshirgan. Unvonlar berilishi sabablari ochiqlanmagan, biroq Qodirov mukofotlanganlarga Ukrainadagi urushning maqsad va vazifalariga erishishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik bildirishini ta’kidlagan.

Mukofot olganlar orasida Qodirovning yordamchisi Amxad Xatatayev, respublika muftiysi Saloh Mejiyev, Pensiya jamg‘armasi menejeri Moxmad Axmadov, Argun meri Ilyos Masayev, Checheniston mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri Usmon Bashirov va Respublika Fanlar Akademiyasi prezidenti Jambulat Umarov ham bor.

Ma’lumot uchun, Visxan Matsuyev Checheniston rahbarining to‘ng‘ich qizi Oyshat Qodirovaning turmush o‘rtog‘i. Checheniston madaniyat vaziri vazifasida ishlab kelayotgan Oyshat Qodirova o‘tgan yilning oktyabr oyida bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Uning eri Matsuyev ham bosh vazir o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi vaziri sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, 17 fevral kuni Checheniston Respublikasi rahbarining to‘ng‘ich o‘g‘li Ahmad Qodirov Yoshlar ishlari vaziri lavozimiga tayinlangan, shuningdek, Qodirov ordeni bilan taqdirlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Oyshat Qodirova Visxan Matsuev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing