Ramosning haqorati unga qimmatga tushadi
Sport
−
30 Sentabr 2019
3901Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos La Liga 7-tur doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o‘yinda yon hakamni haqorat qilgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Oldinroq, futbolchi 4 ta o‘yinda chetlashtirilishi haqida xabar berilgan edi, ammo "Atletiko" qo‘mitaga arz qilmoqchi.
Agar o‘yinchi bosh hakamning so‘zlarini eshitmasa va ahamiyat bermasa 4 ta o‘yindan 12 ta o‘yingacha chetlashtirilishi mumkin.
"Real" futbolchisining ishni hakamga nisbatan hurmatsizlik sifatida qayta ko‘rib chiqishga erishilsa, diskvalifikatsiya 2 yoki 3ta o‘yinga berilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Serxio Ramos 1986 yilda tug‘ilgan. U 2005 yilda "Sevilya"dan "Real"tarkibigi kelib qo‘shilgan.
LiveBarchasi