Ramos o‘zidan 8 yosh katta xotinidan ajrashishi mumkin
Sport
−
30 noyabr 2023
11581“Sevilya” himoyachisi Serxio Ramos va uning rafiqasi Pilar Rubio o‘rtasidagi munosabatlar yakun topish arafasida. Bu haqda “El Desmarque” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yulduz juftlik yaqin kunlarda ajrashganini e’lon qilishi mumkin.
Futbolchi 2019 yilda Pilar Rubio bilan turmush qurgan. Bundan tashqari, er-xotin 11 yildan beri yaqin munosabatda bo‘lib keladi. Ularning 4 nafar farzandi bor.
Ramos yaqinda “Latin Grammy” marosimida rafiqasi bilan emas, singlisi Miriam bilan ko‘rinish bergani ham juftlikning munosabatlari sovuqlashganidan dalolat beradi. Shuningdek, OAV Pilarning qaynonasi tug‘ilgan kunida qatnashmaganiga ham e’tibor qaratdi.
Hozircha Ramos va Rubio ajrashishi haqida o‘z sahifasida hech narsa e’lon qilmagan.
Ma’lumot uchun, Pilar Rubio hozirda 45 yoshda. U Ramosdan 8 yosh katta. Rubio Ispaniyada mashhur teleboshlovchi hisoblanadi. U bir nechta mashhur teleseriallarda ham rol ijro qilgan.
LiveBarchasi