Ramos terma jamoadagi faoliyatini tugatdi

Sport

image

PSJ himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda u Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Ispaniya terma jamoasi bilan xayrlashish vaqti keldi. Bugun ertalab menga hozirgi bosh murabbiy Luis de la Fuente qo‘ng‘iroq qildi va meni terma jamoada ko‘rish niyati yo‘qligini aytdi. Afsuski, bu men uzoq davom etadi deb umid qilgan sayohatimning oxiri edi", deydi Ramos.

U Ispaniya terma jamoasida o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Futbolchi “qizil furiya” tarkibida 180 ta bahsda maydonga tushgan. 

Ramos 2021 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda, bungacha Serxio “Real” va “Sevilya” klublarida to‘p surgan. Himoyachi “Real” safida besh karra Ispaniya chempioni va to‘rt marta Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Ramos PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing