Mbappe PSJga 60 ming yevro to‘laydigan bo‘ldi

Sport

image

Parij Apellyatsiya sudi “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappega 2025 yilda jamoaning bank hisoblarini xatlattirgani uchun “Pari Sen-Jermen”ga 60 ming yevro tovon puli to‘lash majburiyatini yukladi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.

Avvalroq, Parij Mehnat sudi PSJni Mbappega 61 million yevro miqdorida kompensatsiya to‘lashga majburlagan edi. Sud mazkur qarorni futbolchi bilan shartnoma 2024 yilda yakunlanganidan so‘ng klub unga bonuslar va ish haqining bir qismini to‘lamagani sababli chiqargan.

27 yoshli Mbappe 2024 yildan buyon “Real Madrid” safida to‘p tepmoqda. U 2024-2025 yilgi mavsumda madridliklar bilan Ispaniya Superkubogi va Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdi.

Fransiyalik hujumchi 2018–2024 yillarda PSJ sharafini himoya qilgan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U parijliklar bilan olti marta Fransiya chempioni bo‘lgan, to‘rt marta Fransiya Kubogi va uch marta Fransiya Superkubogida g‘olib chiqqan.

Mbappe Fransiya terma jamoasi bilan 2018 yil Rossiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. 2022 yil Qatardagi mundialda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan. U Jahon chempionatlari tarixida 22 ta gol bilan musobaqa to‘purarlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan futbolchi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing