“Uzbekistan Airways” ikkita vertolyotini sotuvga qo‘ydi

Jamiyat

image

“Uzbekistan Airways” AJ ishlatishdan chiqarilgan aviatsiya texnikasini sotuvga qo‘ydi. Bu samolyot parkini yanada unifikatsiya va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi. 

Sotuvga qo‘yilgan texnikalar orasida 1991 yilda ishlab chiqarilgan MI-8MTV-1 (narxi 1 224 904 dollar) va 1992 yilda ishlab chiqarilgan xuddi shu modeldagi (narxi 1 274 265 dollar) vertolyotlar bor. 

Shuningdek, sotuvga aviatsiya dvigatellari qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviatsiyasi bozoriga yangi tashuvchilarni jalb qilish, “Uzbekistan Airways”ni nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways

Baholaganlar

469

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing