Ramazon Temirov ertaga UFC'dagi yurishini davom ettiradi

Sport

image

Eng yengil vazn toifasida UFC jangchisi Ramazon Temirov Las-Vegasdagi turnir kardida amerikalik Charlz Jonsonga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Toshkent vaqti bilan 2 mart tongida Las-Vegasda UFC Fight Night turniri start oladi. Musobaqaning ilk jangida eng yengil vazn toifasi vakillari o‘zbekistonlik jangchi Ramazon Temirov amerikalik Charlz Jonson oktagonga chiqadi. Bu Temirov uchun promoushendagi ikkinchi jang bo‘ladi.

Turnirning markaziy jangida xuddi shu vazn toifasi vakillari portugaliyalik Manel Kape va qozog‘istonlik Asu Almabayev oktagonga ko‘tariladi.

Ma’lumot o‘rnida, Ramazon Temirov UFC'dagi ilk jangini 2024 yilning oktyabrida o‘tkazgan va o‘shanda Sijey Vergarani nokautga uchratgan. Jonson esa promoushenda 10 ta jang o‘tkazgan va shundan 7 ta g‘alaba, 3 mag‘lubiyat qayd etgan. Jonson ketma-ket 4 ta jangdan iborat g‘alabali seriya qayd etib kelmoqda.

Turnir Toshkent vaqti bilan 2 mart kuni 2:00 start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Ramazon Temirov UFC Fight Night

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing