Ramazon oyida xorij davlatlarida o‘zbek allomasi haqida film namoyish etiladi
Jamiyat
−
02 aprel 2019
5788Ramazon oyida Singapur va Malayziya davlatlarida “O‘zbekkino” milliy mahsulotlari namoyish etiladi. Bu haqda O‘zA xabar berib o‘tdi
Singapurning “BOMANBRIDGE” va Indoneziyaning “MNC Media” kompaniyalari kinobozorga olib borilgan “O‘zbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi”, “Xojai jahon Abduxoliq G‘ijduvoniy”, “Qadimiy Buxoro” kabi hujjatli filmlarga katta qiziqish bildirib, ushbu filmlarni janubiy-sharqiy Osiyodagi musulmon aholiga ega mamlakatlar telekanallarida Ramazon oyi tuhfasi sifatida keng namoyish etish uchun xarid qilish maqsadida tijorat takliflari bilan chiqqan.
Hozirda “BOMANBRIDGE”, “MNC Media” kompaniyalari bilan shartnomalar imzolangan bo‘lib, ramazon oyida filmlarning namoyishi kutilmoqda.
LiveBarchasi