Toshkentda Ramazon oyida ayrim ko‘chalar transport vositalari uchun vaqtincha berkitiladi

Jamiyat

image

Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek masjidga keluvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida Muborak Ramazon oyi kunlarida har kuni soat 20:00 dan 24:00 gacha ayrim ko‘chalar transport vositalarining harakati uchun berkitiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Berkitiladigan ko‘chalar:

Olmazor tumani:
Keles ko‘chasi – Noraztepa ko‘chasidan Sog‘bon ko‘chasi, 2-berk ko‘chasigacha;

Sergeli tumani:
Qipchoq ko‘chasi - Yangi Sergeli ko‘chasidan temiryo‘l o‘tish joyi va U. Mahmudov ko‘chasigacha ;

Uchtepa tumani:
Lutfiy ko‘chasi - Katta Xirmontepa ko‘chasidan Katta Qani ko‘chasigacha;

Chilonzor tumani:
Al-Xorazmiy ko‘chasi- Katta Xirmontepa ko‘chasidan Katta Qani ko‘chasigacha;

Shayxontoxur tumani:
Mannon Uyg‘ur ko‘chasi - Nurafshon ko‘chasidan Beshqayrag‘och ko‘chasigacha va Oqsoy ko‘chasining bir qismi;

Yakkasaroy tumani:
Yakkasaroy ko‘chasi - Bog‘ibo‘ston ko‘chasidan S. Nasafiy ko‘chasigacha;

Yashnobod tumani:
Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga tutashgan ikkinchi darajali yo‘l - M. Ashrafiy ko‘chasidan Norxo‘jayev ko‘chasigacha.

"Barchadan muborak Ramazon oyi kunlarida avtotransport vositalarni masjidlar yonida boshqalarning yo‘lini to‘sgan holda qoldirmasdan, Toshkent shahar Hokimiyati va IIBB tomonidan maxsus tashkillashtirilgan joylarda qoldirishni so‘raymiz. Imkon qadar shahar jamoat transportlari xizmatlaridan foydlalanishingizni so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Ramazon ko'cha

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing