Ramazon oyi 18 fevraldan boshlanadimi?
Jamiyat
−
17 fevral 10522 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistoni Oliy sudining Oy ko‘rish qo‘mitasi Ramazon hiloli ko‘ringani munosabati bilan ertaga, 18 fevralni Ramazon oyining birinchi kuni deb e’lon qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar ortidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 17 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari hijriy 1447 yil Ramazon oyi hiloli ko‘rinmaganini ma’lum qilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining taqdim etgan ma’lumoti ham mazkur kuzatishlarni tasdiqlagan. Shu bois, joriy yil 18 fevral kunini hijriy 1447 yil Sha’bon oyining o‘ttizinchi kuni, Ramazon oyining birinchi kuni esa shu yilning 19 fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qilingan.
Quyidagi aksar musulmon mamlakatlari ham Ramazon oyining birinchi kunini shu yilning 19 fevral kuni deb e’lon qilgan:
- Misr Arab Respublikasi
- Iordaniya
- Suriya
- Iroq
- Eron
- Turkiya
- Qozog‘iston
- Qirg‘iziston
- Tojikiston
- Turkmaniston
- Ozarbayjon
- Indoneziya
- Bruney
- Ummon
- Singapur
- Avstraliya
- Yaponiya
- Pokiston
- Hindiston
- Malayziya
- Janubiy Koreya.
Shuningdek, Yevropa fatvo va tadqiqotlar kengashi tomonidan joriy yil 19 fevral kuni Ramazon oyining birinchi kuni deb e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ertaga, 18 fevral kuni xufton namozidan so‘ng O‘zbekistondagi masjidlarda tarovih namozi boshlanishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, mamlakatning 14 ta hududidagi masjidlarda tarovih namozining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi.
Live
Barchasi