Toshkentga bir sutka davomida yuk mashinalari kiritilmaydi
Jamiyat
−
09 aprel
5440Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda yuk avtomashinalarining harakatlanishi to‘liq cheklanadi. Bu haqda shahar IIBB xabar berdi.
Cheklovlar bugun, 9 aprel kuni soat 17.00 dan ertaga, 10 aprel soat 17.00 gacha amal qiladi. IIBB bundan poytaxtda xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsad qilinganini aytdi.
Avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda o‘tkazishga bag‘ishlagan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni (10 aprel) respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga bepul xizmat ko‘rsatishi belgilangandi. Shuningdek, ertaga, 10 aprel kuni Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent metropoliteni soat 04:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatishi ma’lum qilindi.