Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi
Jamiyat
−
21 may 2020
10639O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.
Ramazon hayiti mamlakatdagi hozirgi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, karantin qoidalariga muvofiq ravishda o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan.
LiveBarchasi