Raqobat muhitiga ta’sir qiladigan imtiyoz va preferensiyalar xatlovdan o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 dekabrigacha korxonalarga berilgan imtiyoz va preferensiyalar xatlovdan o‘tkazilib, bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:

2020 yil 1 dekabrga qadar raqobat muhitiga ta’sir qiladigan imtiyoz va preferensiyalarni xatlovdan o‘tkazib, ularni bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;

Transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va Korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish jarayonlari bilan birgalikda ular faoliyat yuritadigan sohada bozor munosabatlari tamoyillariga to‘liq o‘tish, raqobat muhitini shakllantirish hamda xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

2021 yil 1 yanvarga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “O‘zagroservis” va “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, ularning faoliyatini bozor tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yish va sohada xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

korxona imtiyoz

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing