Raqamli texnologiyalar vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Prezident qarori bilan raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatida bir qancha lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xususan, Raqamli texnologiyalar vaziriga uch nafar o‘rinbosarlar tayinlandi.

Masalan, Oleg Pekos raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

U 2020 yildan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, bunga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Jamol Maxsudov raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Qolaversa, Rustam Karimjonov ham raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari bo‘ldi. Karimjonov bunga qadar xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari edi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bundan tashqari:

  • Shuxrat Kadirov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori lavozimiga;
  • A’zam Abdullayev Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
  • Sobiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining bir nechta mutasaddilari esa lavozimidan ketdi.
  • Doniyor Rustamov esa boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Jamshid Egamberdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing