Raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
Jamiyat
−
27 avgust
3240Bugun, 27 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan guvohlarning huquqlariga (Jinoyat-protsessual kodeksining 66-moddasi) raqamli dalillarni taqdim etish huquqi kiritilmoqda.
Shaxsga doir ma’lumotlarni ishonchli himoya qilishni ta’minlash hamda bunday ma’lumotlarni tarqalib ketishini oldini olish maqsadida deputatlarning tashabbuslari asosida Jinoyat-protsessual kodeksining 88-moddasi 5-qismiga ishga aloqador bo‘lmagan dalillar tergov organi va sudning ixtiyorida qolib ketgan bo‘lsa, ular qayta tiklanmaydigan tarzda yo‘q qilinishi lozimligi to‘g‘risida norma bilan to‘ldirilmoqda.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 161-moddasida tintuv va shaxsiy elektron ma’lumotlarni olib qo‘yish qonun va sudning qaroriga qo‘ra amalga oshirish to‘g‘risidagi 9-qism bilan to‘ldirildi.
Qonunni uchinchi o‘qishda ham qabul qilish taklifi bildirildi va ovozga qo‘yildi. Qonun uchinchi o‘qishda ham qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ichki ishlar organi xodimlari kutgan qonun Senatdan o‘tmagandi. Oradan yarim yildan ortiq vaqt o‘tib, bir necha o‘zgartirishlarni o‘zida jamlagan qonun senatorlar tomonidan qayta ko‘rish uchun Qonunchilik palatasiga yuborilgandi.
LiveBarchasi