Raisiyning Turkiyaga safari qoldirildi
Olam
−
28 noyabr 2023
4509Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning bugun, 28 noyabr kungi Turkiyaga tashrifi qoldirildi. Bu haqda Eronning “Tasnim” agentligi xabar berdi.
Raisiyning Anqara safari keyinroqqa qoldirilgan, ammo tashrif qaysi sanada amalga oshirilishi hozircha noma’lum. Agentlik ushbu qaror sabablari haqida batafsil ma’lumot bermagan.
Turkiyaning “Yeniçağ” gazetasi ham o‘z manbalariga tayanib, Raisiyning Turkiyaga safari amalga oshmasligi haqida xabar bergan, biroq hozircha bu tashrif bekor qilingani yoki kechiktirilgani aniq emas.
Ayni paytda Turkiya ham Raisiyning tashrifi bekor qilingani yoki qoldirilganini tasdiqlamagan.
"Odatda bunday tashriflar oldidan matbuot uchun tegishli bildirishnoma e’lon qilinadi. Bu safar esa bunday bo‘lmadi. Bizda batafsil ma’lumot yo‘q", deydi Prezident ma’muriyati vakili.
Eronning Anqaradagi elchixonasi ham Raisiyning kelishi istiqbollari haqida ma’lumot berishdan bosh tortgan va bu mavzu bo‘yicha hech narsa deya olmasligini bildirgan.
Avvalroq, 26 noyabr kuni Erdo‘g‘an va Raisiy telefon orqali Isroilning G‘azo sektoriga hujumi, falastinliklarga yordam va doimiy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha hamkorlikdagi qadamlarni muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Raisiy 28 noyabr kuni tashrif buyurishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi