Raisiy OPEC Bosh kotibiga tashkilotning ba’zi a’zolari ustidan shikoyat qildi
Olam
−
27 may 2023 4931 1 daqiqa
Bugun, 27 may kuni Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy ba’zi G‘arb mamlakatlari OPEC’ga a’zo davlatlar o‘rtasida bo‘linish yaratishga intilayotganini aytdi. Bu haqda u Tehronda OPEC Bosh kotibi Haysam al-G‘ays bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, neft qazib oluvchilar mamlakatlar o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash orqali bu maqsadlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi kerak.
Shuningdek, Raisiy Tehron OPEC bilan konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanini bildirgan.
O‘z navbatida, Haysam al-G‘ays Eron har doim OPEC a’zolarining hamjihatligi va birligini mustahkamlash yo‘lida harakat qilganini ta’kidlagan. U OPEC a’zolari o‘rtasida konsensus va Eron bilan hamkorlikda neft bozorida barqarorlik tiklanishiga umid bildirdi.
Ma’lumot uchun, OPEC neft narxini muqobil ushlab turish maqsadida neftm qazib oluvchi derjavalar tomonidan yaratilgan kartel hisoblanadi. Ushbu tashkilotga iqtisodiyoti asosan neftni eksport qilishdan tushgan daromadga bog‘liq bo‘lgan Jazoir, Angola, Ekvatorial Gvineya, Gabon, Eron, Iroq, Quvayt, Liviya, Nigeriya, Kongo Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Venesuela davlatlari a’zo.
Live
Barchasi