Raisiy ham Mirziyoyevni qutladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Eron rahbari Shavkat Mirziyoyevni kuni kecha O‘zbekistonda o‘tgan muddatidan ilgari Prezident saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy tabriklagan.

Eron Prezidenti ushbu mamlakatning Oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayid Ali Xomaneiyning salomi va tabriklarini ham yetkazgan.

Shuningdek, yetakchilar joriy yilning iyun oyida Eronga rasmiy tashrif yakunida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini ham  ko‘rib chiqqan.

Qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga kirishilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Bundan tashqari, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va hududlar ma’muriyatlari darajasidagi aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlangan.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing