Rossiyaga josuslikda ayblangan Rafiq Sayfulin qamaldi

Jamiyat

image

Rafiq Sayfulin 12 yil ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2020 yil 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xoinlik qilish) 1-qismi va 248-moddasi (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan Rafiq Sayfulinga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Bir necha oy davomida o‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib tahlil qilindi. Tergov organi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchining vajlari tekshirildi.

Sud sudlanuvchi Rafiq Sayfulinni yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Ma’lumot uchun, Rafiq Sayfulin 1994 yildan 1995 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Statistika qo‘mitasida faoliyat olib borgan. Keyinroq u O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori sifatida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud Rafiq Sayfulin

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing