Rafahdagi operatsiya HAMAS butunlay yo‘q qilingach tugaydi – Galant
Olam
−
07 may
4796Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant G‘azodagi operatsiya Falastinning HAMAS harakati butunlay yo‘q qilinib, garovga olinganlar ozod qilingunicha davom etishini aytdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
Qayd etilishicha, u bu so‘zlarini anklav chegarasi yaqinidagi artilleriya qo‘shinlari bilan uchrashuvda ham takrorlagan.
“Operatsiya Rafahdagi HAMAS batalonlari butunlay yo‘q bo‘lmagunicha hamda garovga olinganlarning barchasi Isroilga qaytguniga qadar davom etadi”, degan Galant.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahriga quruqlikdan hujum boshlagandi.