Rafah punkti ochiq, ammo Isroil G‘azoga gumanitar yordam kiritishga ruxsat bermayapti – Misr
Olam
−
21 Oktabr 2023
5402Rasmiy Qohira G‘azo sektorining Misrga yagona eshigi bo‘lgan Rafah chegara punkti ochiqligi, ammo Isroil mintaqaga gumanitar yordam olib kirishiga ruxsat bermayotganini e’lon qildi. Bu haqda Misr Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ahmed Abu Zeyd yozma bayonot berdi.
Uning bildirishicha, Misr Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyat boshlanganidan beri G‘arb matbuoti hujumiga uchrayapti.
“G‘arb ommaviy axborot vositalari deportatsiya ssenariysini qo‘llab-quvvatlamoqda. Isroil chegara punktini 4 marta o‘qqa tutgan va yordamning kiritilishini to‘sayotganiga qaramay, Misrni chegara punktini yopishda ayblamoqda”, deydi Abu Zayd.
Misr Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibining bayonotiga ko‘ra, Rafah chegara punkti ochiq va Misr evakuatsiyaga to‘sqinlik qilgani uchun javobgar emas.
Shuningdek, Abu Zayd bugun, 21 oktyabr kuni Misr poytaxtida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Qohira tinchlik sammiti”ni eslatgan. Uning fikricha, bu sammitda ushbu masala ham ko‘riladi.
Eslatib o‘tmiz, kecha, 20 oktyabr kuni BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish Rafah nazorat-o‘tkazish punktiga borgandi. U G‘azoga nsonparvarlik yordami yetkazilishini shaxsan o‘zi nazorat qilmoqchiligini aytgan.
LiveBarchasi